Axborot-kutubxona resurlari bilan xizmat ko'rsatish bo'limi(abonentlarga xizmat ko'rsatish, o'quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda))
Shaxsiy ma‘lumotlar
Yakubova Shoira Rahmonovna
22.06.1959 yilda Samarkand shahrida tavallud topgan
1981 yilda Samarkand davlat universitetini (kechki)
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
Umumiy qoidalar.
- Boʻlim boshligʻi ARM direktori tavsiyasiga koʻra universitet rektori tomonidan shartnoma asosida ishga qabul qilinadi yoki lavozimga tayinlanadi va ishdan boʻshatiladi. Bevosita ARM direktoriga buysinadi;
- Boʻlimdagi barcha xodimlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, boʻlimda gʻoyaviy - siyosiy yunalishda ishlarni tashkil etishning saviyasiga, ARM boʻlinmalarini uslubiy jihatdan boshqarib turish va kutubxonachilarga uslubiy yordam berish uchun javobgardir;
- Oʻz faoliyatini Oʻzbekistan Respublikasi qonunlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, OOʻMT vazirligining va boshqa yuqori tashkilotlarning rahbarlik xujjatlari, buyruqlari, boʻlim va ARMning istiqbolli va yillik ish rejalari, ARM direktorining farmoyish va koʻrsatmalari asosida tashkil etadi;
- Boʻlim mudiri mehnatni tashkil etishning ilmiy usullarini hayotga tadbiq etadi;
- Boʻlimga xodimlar tanlashda ishtirok etadi, xodimlarning ijobiy tashabbuslarini rivojlantirishga, ularning malakalarini oshirishda xamkorlik qiladi;
- ARM direktori qoshidagi kengash tarkibiga kiradi. Kengash ishini tashkil etishda yordam koʻrsatadi;
- Xodimlarning majburiyatlarini bajarishlarini nazorat qiladi, sektorlarning hamda xodimlarning shaxsiy ish rejalarini bajarilishini nazorat qilish bilan birga muhim masalalarini hal etishda direktorga yordam beradi;
- Boʻlimning har bir xodimi faoliyatiga baho beradi va direktor oldida ularning lavozimini koʻtarish yoki pasaytirish, ragʻbatlantirish va alohida hollarda jazo berish choralari toʻgʻrisidagi masalalarni qoʻyadi;
- Boʻlimninig faoliyati va barcha ishlariga masʼul boʻlib, uning yoʻnalishiga, ijrosiga, sifatiga, ishlab-chiqarish hamda ilmiy-uslubiy ishlariga, kitoblarni va texnik vositalarni saqlanishiga, mexnat intizomiga rioya etilishiga va kadrlarga javobgardir.
Lavozim vazifalari:
- Boʻlimdagi barcha xodimlar ishiga rahbarlik qiladi;
- Axborot-resurs markazida kutubxona xizmati koʻrsatishning yagona ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etadi, uning bajarilishi yuzasidan boʻlimda nazorat olib boradi;
- Axborot-resurs markazida maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi ishlarni olib borish, kasbiy bilimlarni egallashga koʻmaklashuvchi adabiyotlarning keng kitobxonlar doirasiga yetkazilishini taʼminlaydi;
- Professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishi, axborot ishlari, koʻrgazmalar, vitrinalar hamda boshqa eng faol va taʼsirchan kitob targʻiboti tadbirlarining tashkil etish hamda nazoratni amalga oshirish;
- Jamoat tashkilotlari bilan birgalikda jamoada tarbiyaviy ishlarni olib borish, xodimlarning malakasini oshirishga koʻmaklashish;
- Boʻlim faoliyatining istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, bajarilgan ishlar yuzasida yozma va statistik hisobotlar tayyorlash;
- Boʻlim xizmatlariga doir maʼlumotlarni kitobxonlarga yetkazish;
- Boʻlim jamgʻarmasi va koʻrsatiladigan axborot xizmat turlarini targʻibot qilish;
- Xizmat koʻrsatish madaniyatini koʻtarish, kitobxonlarga kerakli asarlar hujjatlarni tanlashda yordam berish, kartoteka va kataloglardan foydalanish haqida ogʻzaki maslahat berish, kitob koʻrgazmalarini tashkil etish, biblografik sharhlar oʻtkazish;
- Boʻlim faoliyatini belgilangan shaklda oʻz vaqtida va muntazam suratda hisobga olib borilishining tashkil etilish, mehnat qonunchiligiga, mehnatni muhofaza qilish, yongʻinga qarshi himoya qoidalariga rioya etishini nazorat qilish;
- ARMga barcha ilmiy, ilmiy texnik va boshqa sohalarga tegishli boʻlgan elektron axborot resurslarini jalb etish, jamlash va kitobxonlarga yetkazilishini taʼminlash vazifalari yuklatiladi.
Bilishi kerak:
Oʻz faoliyatiga taalluqli Nizom, yoʻriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, meʼyoriy hujjatlarni bilishi lozim.
Malaka talablari:
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi;
- Oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
- Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi zarur.