1 / 3 Mazkur seminar FAO hamda Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Lanchjou Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda Osiyo va Afrika davlatlaridan yetakchi olimlar, xalqaro ekspertlar hamda veterinariya sohasi mutaxassislari qatnashmoqda.
2 / 3 Seminar doirasida hayvonlarning yuqumli kasalliklari, xususan, oqsil kasalligini (Foot-and-Mouth Disease – FMD) oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar, xalqaro tajriba hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinmoqda.
3 / 3 Mazkur nufuzli xalqaro tadbir universitetning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda veterinariya sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
