#

Markaz tarixi

Samarqand davlat veterenariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti kutubxonasi 1930 yilning sentyabr oyida tashkil topgan. O'sha yillarda kutubxonaning zaxirasi bir xonani egallab, 3 ta kitob javonini tashkil etgan. Yil sayin kutobxonada kitoblarni saqlash va tarqatish uchun qulay sharoitlar yaratilib turli soha va mutaxassiliklarga bag'ishlangan adabiyotlar soni ko'paytirildi, maxsus kitob javonlari va anjamlar bilan ta'minlash darajasi yaxshilanib va o'quv zali ajratildi Kutubxona  xodimlarining  oldilarida turgan asosiy vazifalardan biri "Uzluksiz ta'lim tizimi uchun o'quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasi asosida kampyuterlar sonini ko’paytirish, videoaxborot jamlangan videoteka. slaydlar to'plami, diafilm va diapozitivardan iborat fonotika, noyob va kam sonli adabiyotlarning  elektron  versiyalarini tayyorlash, nusxa ko'chirish xizmatini jadal yo'lga qo'yishdan iborat
Hozirgi kunda ARMda 130 ta kompyuter mavjud bo'lib, shundan 115 tasi ARM mijozlar xizmati uchun elektron-o'quv zalida o'rnatilgan. Zalda o'rnatilgan kampyuterlar lokal (ichki) va global INTERNET tarmoqlariga ulangan. Ichki tormoq tizimida elektron darsliklar, videoaxborot, videoteka, slaydlar to'plami, diafilm va diapozitivlar bazasi kiritilgan va tarmoqdagi kampyuterlar o'zaro malumotlani uzatish, ko'chirib olish imkoniga ega.

Asosiy menular
Ijtimoiy tarmoqlar