#

Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo'limi

Shaxsiy ma‘lumotlar
Melkumova Irma 14.14.1959-yil Ozarbayjon Respublikasi, Baku shahrida tavallud topgan.
Melkumova Irma 1981-yilda Samarqand davlat universiteti, rus tili filologiyasi fakultetini tamomlagan. 

Umumiy qoidalar.

  •     Boʻlim boshligʻi ARM direktori tavsiyasiga koʻra universitet rektori tomonidan shartnoma asosida ishga qabul qilinadi yoki lavozimga tayinlanadi va ishdan boʻshatiladi. Bevosita ARM direktoriga buysinadi;
  •    Boʻlimdagi barcha xodimlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, boʻlimda gʻoyaviy - siyosiy yunalishda ishlarni tashkil etishning saviyasiga, ARM boʻlinmalarini uslubiy jihatdan boshqarib turish va kutubxonachilarga uslubiy yordam berish uchun javobgardir;

     - Oʻz faoliyatini Oʻzbekistan Respublikasi qonunlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, OOʻMT vazirligining va boshqa yuqori tashkilotlarning rahbarlik xujjatlari, buyruqlari, boʻlim va ARMning istiqbolli va yillik ish rejalari, ARM direktorining farmoyish va koʻrsatmalari asosida tashkil etadi;

     - Boʻlim mudiri mehnatni tashkil etishning ilmiy usullarini hayotga tadbiq etadi;

  • Boʻlimga xodimlar tanlashda ishtirok etadi, xodimlarning ijobiy tashabbuslarini rivojlantirishga, ularning malakalarini oshirishda xamkorlik qiladi;
  • ARM direktori qoshidagi kengash tarkibiga kiradi. Kengash ishini tashkil etishda yordam koʻrsatadi;

    - Xodimlarning majburiyatlarini bajarishlarini nazorat qiladi, sektorlarning hamda xodimlarning shaxsiy ish rejalarini bajarilishini nazorat qilish bilan birga muhim masalalarini hal etishda direktorga yordam beradi;

  • Boʻlimning har bir xodimi faoliyatiga baho beradi va direktor oldida ularning lavozimini koʻtarish yoki pasaytirish, ragʻbatlantirish va alohida hollarda jazo berish choralari toʻgʻrisidagi masalalarni qoʻyadi;
  • Boʻlimninig faoliyati va barcha ishlariga masʼul boʻlib, uning yoʻnalishiga, ijrosiga, sifatiga, ishlab-chiqarish hamda ilmiy-uslubiy ishlariga, kitoblarni va texnik vositalarni saqlanishiga, mexnat intizomiga rioya etilishiga va kadrlarga javobgardir.

Lavozim majburiyatlari

  • Kitob fondini butlash va kataloglashtirishni nazorat qiladi, sektorlarning hamda xodimlarning ish rejalarini bajarilishini nazorat qilish davomida muxim masalalarni hal etishda yordam beradi;
  • ARM, AKM va viloyat kutubxonalari bilan muvofiqlashtirilgan holda aholining kitobxonlik soʻrovlariga koʻra fondni komplektashtiradi;
  • Fondni badiiy, maʼlumotnoma, ilmiy-ommabop, oʻquv-metodik, davriy nashrlar shuningdek axborotni anʼanaviy va noanʼanaviy tushunchilardagi boshqa nashr turlari bilan kompleklashtiradi;
  • Yangi kelgan adabiyotlarni qabul qiladi, ularni inventar jurnallarga va “ARMAT” dasturiga kiritadi, elektron katalogini tuzadi;
  • Fondni tegishli tartibda (BBK usulida) joylashtirishni nazorat qiladi, boshka boʻlimlarga bu ishda amaliy yordam koʻrsatadi;
  • Kitobxonlar surovi asosida adabiyot (oʻquv adabiyoti) bilan taʼminlanganlik darajasini tizimli oʻrganadi va taxlil qiladi;
  • Kutubxonachilik va axborot ishlari buyicha ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, seminar-treninglar utkazishni rejalashtiradi va uning keng mikyosida utishini taʼminlaydi;
  • “Eng yaxshi Axborot resur markazi kutubxonachisi” kurik-tanlovi mashgʻulotlarini oʻtkazish rejasini tuzadi;
  • Yigʻma elektron katalog yordamida axborot resurslarni birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va maʼlumot bazalarini yaratish jarayoni boʻyicha masʼuldir;
  • Shaxsning axborot olish madaniyatini shakillantirish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish;
  • Axborotni hisobga olish va unga ishlov berish sistemalashtirishning kutubxonachilik-bibliografik vositalarini avtomatlashtirishda amaliy-uslubiy yordam koʻrsatadi.

Bilishi kerak:

  • Oʻz faoliyatiga taalluqli Nizom, yoʻriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, meʼyoriy hujjatlarni bilishi lozim.

Malaka talablari:

     - Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi;

  • Oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
  • Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi zarur.

Ijtimoiy tarmoqlar