Kitob haqida

Bank ishi

  • Muallif: Sh.Z.Abdullayeva
  • Til: Ўзбек
  • Yozuv: lotincha
  • Nashriyot: Тошкент
  • Chop etilgan yil: 2017

Kitob haqida qisqacha izoh

Mazkur «Bank ishi» darsligi kadrlar tayyorlash bo'yicha Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq ishlab chiqilgan namunaviy o'quv dasturi asosida yaratilgan. Unda banklar faoliyati turli jihatlardan mujassamlashtirilgan bo‘lib, bank tizimi va uning bo‘g‘inlari, Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va iqtisodiy asoslari, tijorat banklari faoliyatining Markaziy bank tomonidan muvofiqlashtirilishi, shuningdek, tijorat banklarining passiv va aktiv operatsiyalari, ularning resurslari, kapitali, aktivlari va ularning sifati, tijorat banklarining valyuta va qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalari, daromadlari va xarajatlari, ularning foydasi kabi mavzular o‘z ifodasini topgan. Darslikda tijorat banklari tomonidan kreditlashni tashkil etish, mijozning kreditga layoqatliligini aniqlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash, kreditlarning ta’minlanganligi, tijorat banklarining lizing, faktoring, forfeyting operatsiyalari, foiz siyosati, tijorat banklarining likvidligi va to'lovga layoqatligi, bank risklari, banklaming yangi xizmatlari kabi mavzular ham yoritilgan. Mazkur darslikdan bankirlar, moliya, buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi bitiruvchilari, magistrlat va doktorantlar hamda bank xodimlari foydalanishlari mumkin..