ARM dan foydalanish qoidalari
1.Umumiy qoidalar
1.1. Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati demokratiya, insonparvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, shaxsning erkin kamol topishi prinsiplariga asoslanadi.
1.2. ARMdan foydalanish bepul, ARM tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning ayrim turlari ro‘yxati, ular uchun to‘lanadigan haq miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
2. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
2.1. ARMdan foydalanish huquqi mazkur Universiteti talabalari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, doktorant, aspirantlar, ilmiy-xodimlar, o‘quv yordamchi va muxandis-texnik xodimlarga beriladi.
Boshqa Oliy ta’lim muassasalari va shahar hududidagi foydalanuvchilariga ARMning faqat o‘quv zalida axborot xizmati ko‘rsatiladi.
2.2. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
- ARM fondidan istalgan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun olish, shuningdek boshqa ARMdan hujjatlarning bosma yoki elektron nusxalarini hujjatlarni elektron vositasida etkazib berish tizimi orqali buyurtma qilish va olish;
- bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmatidan hamda ARM tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish;
- ARM tomonidan o‘tkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashish;
- ARMning jamoat kengashiga saylash va saylanish.
2.3. Foydalanuvchilar ARMga a’zo bo‘lish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) talabalar uchun talabalik guvohnomasini, zarur miqdordagi (3 ta) fotosuratlarini taqdim etadilar hamda a’zolik biletini va ro‘yxatdan o‘tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun ma’lumotlar beradilar.
Boshqa shaharlik fuqarolar vaqtinchalik a’zolik biletini, pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni ko‘rsatgan holda oladilar.
Boshqa mamlakat fuqarolari biletni o‘z mamlakati pasporti yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida oladilar.
2.4. Foydalanuvchilarga bir yo‘la foydalanish uchun beriladigan hujjatlar soni ARM tomonidan yakka holda tartibga solinadi.
Noyob va qimmatli nashrlar hamda hujjatlar, shuningdek e’lon qilinmagan materiallar foydalanuvchilarga belgilangan tartibda beriladi.
2.5. Foydalanuvchilar ARMdan olingan hujjatlarni va boshqa materiallarni ehtiyot qilishi shart.
Foydalanuvchi hujjatlar va materiallarni olishda ularni ko‘zdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda bu to‘g‘rida ARM xodimiga ma’lum qilishi kerak.
2.6. ARM fondiga zarar etkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.
2.7. ARM fondidan olingan hujjatlar va materiallarni yo‘qotgan yoxud ularga tiklab bo‘lmaydigan darajada ziyon etkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda xuddi shunday yoki ARM xodimlari tomonidan teng qimmatli deb e’tirof etilgan (shu jumladan nusxalari bilan) hujjatlar va materiallar bilan almashtirishi, almashtirish mumkin bo‘lmagan taqdirda ularning qiymatini belgilangan miqdorda to‘lashi shart. Qiymatining necha baravar miqdorda to‘lanishi ARM mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan, yo‘qotilgan yoki yaroqsizlantirilgan hujjatning qiymatidan kelib chiqqan holda, hamda amaldagi tartibga soluvchi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
2.8. ARMdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun foydalanuvchilar ARMdan foydalanish huquqidan ARM ma’muriyati tomonidan belgilangan muddatga mahrum qilinishi mumkin.
3. ARMning foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlari
3.1. ARM fondlaridagi hujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini ta’minlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq hisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; ma’lumotnoma-bibliografik apparatni, shu jumladan elektron katalogni yuritish; tavsiyanoma tusidagi bibliografik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
3.2. ARM quyidagilarga majbur:
-foydalanuvchilarni ARMdagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash;
- foydalanuvchilarning istaklarini o‘rganish va to‘la qondirish;
- kutubxona, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;
- foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda yuksak madaniyat va malakalilikni ta’minlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam ko‘rsatish;
- foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan axborot xizmatlari ko‘rsatilishini amalga oshirish;
- zarur axborotni qidirib topishga, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
- fondlarda zarur hujjatlar va materiallar mavjud bo‘lmagan taqdirda ularni kutubxonalararo abonement, shu jumladan xalqaro abonement tizimi orqali qidirib, taqdim etish;
- ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish;
- ARMning ijodiy nufuzini yaratishga ko‘maklashish, ARM fondlarini va uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularning xohishlariga muvofiq yangi xizmatlarni tashkil etish.
4.ARM ning foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlari.
4.1ARM fondlaridagi hujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini ta’minlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq hisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; ma’lumotnoma-bibliografik apparatni, shu jumladan elektron katalogni yuritish; tavsiyanoma tusidagi bibliografik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
4.2ARM quyidagilarga majbur:
-foydalanuvchilarni ARM dagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash;
-foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish va eng to‘liq qondirish;
-kutubxona, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarga foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;
-foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda yuksak madaniyat va malakalilikni ta’minlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam ko‘rsatish;
-foydalanuvchilarning qiziqishlarga va axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va mustaqil ravishda ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
-fondlarda zarur hujjatlar va materiallar mavjud bo‘lgan taqdirda ularni qidirib topish ishlariniamalga oshirish hamda ularni kutubxonalararo abonement, shu jumladan halqaro abonement tizimi orqali taqdim etish;
-ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish;
-ARM ning ijobiy nufuzini yaratishga ko‘maklashish, ARM fondlarini va uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularning talablariga muvofiq yangi xizmatlarni tashkil etish.