Kitob haqida

BUXGALTERIYA HISOBIGA KIRISH

  • Muallif: R.O.XOLBEKOV
  • Til: O'zbek
  • Yozuv: lotin
  • Nashriyot: © “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” - 2022.
  • Chop etilgan yil: 2022

Kitob haqida qisqacha izoh

Mazkur darslik buxgalteriya hisobi fanning nazariy asosi bo‘lib, u buxgalteriya hisobining tarixi, jamiyatda tutgan o‘rni, vazifasi, tamoyillari va usullari kabi nazariy bilimlar bo‘yicha talabalarda tushuncha hamda ko‘nikma hosil qilishga yo‘naltirilgan. Darslik buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish borasida mamlakatimizda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti va sohaga oid munosabatlarni tartibga soluvshi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida yozilgan. Mazkur darslik “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi asosida yozilib, “Buxgalteriya hisobiga kirish” fanini o‘qitishda asosiy o‘quv adabiyoti sifatida tavsiya etiladi. Shuningdek, boshqa iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilar ham foydalanishi maqsadga muvofiqdir..